- Markaz direktori
Markaz direktori haqida
- Markaz dirketori haqida
Muminov Solijon Jalilovich
Moʼminov Solijon Djalilovich 1970 yil 1 iyunda Namangan viloyati, Namangan shahrida tugʼilgan. 1977y-1987yillarda Namangan shahridagi 40-oʼrta maktabni "Oltin medalь" bilan yakunladi.
1994 yilda Аndijon Davlat tibbiyot institutining “Pediatriya” fakulьtetini imtiyozli (qizil diplomga) tamomlagan, mutaxassisligi oliy toifali kardiolog shifokor. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Muminov Solijon Djalilovich 1994 yildan viloyat kardiologiya markazida: Bosh vrach Muborakov Xusan Xojievich, internatura rahbari – Kardiologiya boʼlimi mudiri Mirsaydullaev Mirmahmud Mirshohidovich va Reanimatsiya boʼlimi mudiri Egamberdiev Mirzadavlat Egamberdievich Rahbarligida Shifokorlik faoliyatini boshlagan. 1994 yili markazda anesteziologiya-reanimatologiya mutaxassisligi boʼyicha yillik internaturani oʼtagan.
Muminov Solijon Djalilovich mehnat faoliyatini 1995 yildan Namangan viloyat kardiologiya markazida anesteziolog-reanimatolog vazifasida davom ettirgan.
U mehnat faoliyati davomida shifokorlar oʼrtasidagi kuplab konkurs va koʼrik tanlovlar gʼolibi boʼldi. Jumladaan 2000yilda oʼtkazilgan “Yilning eng namunali shifokori” koʼrik tanlovining shahar,viloyat bosqichlari gʼolibiga aylandi.
