Markaz tarixi

Markazning rivojlanish tarixi

Namangan shahar, Toʼraqoʼrgʼon koʼchasidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali.
Manzili: Toʼraqoʼrgʼon koʼcha 205 – uy, “Mehribonlik” MFY.
Rahbari: Muminov Solijon Djalilovich
Hududi: 1,6 gektar (shundan, bino va inshootlar maydoni 4,059 ming  kv. metr).
Hududdagi binolar: 3 ta bino (1-bino poliklinika, YuIK, Gipertoniya boʼlimlari, 2-bino laboratoriya, kardioxirurgiya, aritmiya boʼlimlari, 3-bino REX, sterilizatsiya, jonlantirish boʼlimlari, 3 ta operatsion blok)
Quvvati: 100 qatnov va 170 oʼrinli shifoxona.
Poliklinika (100 qatnov) va funktsional diagnostika boʼlimi, kardioxirurgiya boʼlimi (20 oʼrin), rentgen endovaskulyar xirurgiya boʼlimi (20 oʼrin), yurak aritmiyasi boʼlimi(30 oʼrin), arterial gipertoniya boʼlimi (30 oʼrin), yurak ishemik kasalliklari boʼlimi (30 oʼrin), kardiotserebral patologiya va reablitatsiya boʼlimi (40 oʼrin), anesteziologiya boʼlimi operatsiya boʼlimi (3 ta operatsiya zali), reanimatsiya va intensiv terapiyasi (5 oʼrin) + izolyator (1 oʼrin), sterilizatsiya boʼlimi, ichki dorixona.

Xizmat koʼrsatadigan aholi soni: 3 066 100 nafar
Tibbiyot xodimlari soni: 286 nafar, shundan 43 nafari shifokor (22 nafari oliy toifali, 2 nafari 1-toifali, 5 nafari 2-toifali), 116 nafar hamshira (26 nafari oliy toifali, 7 nafari 1-toifali, 31 nafari 2-toifali) tashkil etadi.
Shuningdek, 2023 yil davomida filialga ambulator 40 814 ta qatnov boʼlgan, shundan jami 6 017 nafar bemor davolanib sogʼlomlashtirilgan. Yaʼni, 1 790 nafar bemorlarda yuqori texnologik endovaskulyar amaliyotlar va 485 nafar bemorlarda ochiq kardioxirurgik jarrohlik amaliyotlari oʼtkazilgan.

Statsionar angiografik kompleks, EFI (elektrofiziologik tekshiruv) stantsiyasi (yurakning murakkab aritmiyalarida RChА-radiochastotali ablyatsiya amaliyoti uchun), aortal kontrpulьsator (oʼta ogʼir bemorlar uchun), sunʼiy nafas olish apparati (IVL), sunʼiy qon aylantirish apparati (АIK), intensiv palata jihozlari (funktsional krovatlar, kardiomonitorlar, infuzion dozatorlar va h.k.) bilan jihozlandi.
Filial Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahrining Meshalьkin nomli kardioxirurgiya markazi, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahri Mechnikov nomli kardioxirurgiya markazi hamda Аrmaniston davlati Erebuni milliy koʼp tarmoqli tibbiyot markazi bilan oʼzaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyilgan.
Erishiladigan natija: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida yurak surunkali ishemik hastaliklarida yopilib qolgan tomirlarni angioplastika va stentlash, buyrak arteriyalari torayishi bilan asoratlangan qon tomir kasalliklarida, periferik kon tomirlar zararlanishida angioplastikasi va stentlash, yurak tugʼma nuqsonlarida transkateter usulda nuqsonni bartaraf etish, koronar kon tomir stvoli stentlash, yurak ritmining murakkab buzilishlarida elektrofiziologik tekshiruv va radiochastotali ablyatsiyasi, koronar kon tomirlarning surunkali okklyuziyasida stentlash amaliyotlari hamda koronar tomirlar angiografik tekshiruvida distal radial dostup boʼyicha Oʼzbekistonda birinchi marta amaliyotlar joriy etiladi.
Ushbu amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida 10 nafardan ziyod filial shifokorlari Rossiya, Belorussiya, Hindiston, Ozarbayjon kabi davlatlarning klinikalarida malaka oshirib kelgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining tashqi koʼrinishi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialining ichki koʼrinishi